Tashqi ishlar vazirligida Qatar Elchisi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
2024-yil 4-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Bahromjon A’loyev Qatar Davlatining mamlakatimizdagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Hasan Hamza Hoshim bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Muloqot chog‘ida tomonlar O‘zbekiston-Qatar munosabatlarining 2023-yildagi rivojlanishini sarhisob qilib, 2024-yilga mo‘ljallangan qo‘shma tadbirlar jadvalini ko‘rib chiqdilar.
Turli yo‘nalishlarda yangi qo‘shma investitsiyaviy loyihalarni ilgari surishga alohida e’tibor qaratildi.