XMTning Markaziy Osiyo boʻyicha submintaqaviy koordinatori bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
2023-yilning 23-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari G‘ayrat Fozilov Xalqaro migratsiya tashkilotning (XMT) Markaziy Osiyo bo‘yicha submintaqaviy koordinatori Zeynal Hajiyev bilan uchrashdi.
Tomonlar O‘zbekiston va XMT o‘rtasidagi munosabatlarning bugungi holati va rivojlanish istiqbollarini muhokama qildilar, tashkilotning O‘zbekistondagi loyihaviy faoliyatini takomillashtirish yuzasidan fikr almashdilar.
Submintaqa koordinatoriga O‘zbekistonda jamiyatning barcha jabhalarida, xususan, mehnat migratsiyasi sohasida amalga oshirilayotgan tub o‘zgarishlar haqida batafsil ma’lumot berildi. O‘zbekistonda migratsiya masalalariga ham milliy, ham xalqaro miqyosda katta ahamiyat berilayotgani ta’kidlandi.
O‘zaro manfaatli sohalarda qo‘shma loyiha va dasturlarni amalga oshirish bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi.
O‘zbekiston va XMT o‘rtasidagi hamkorlikni izchil kengaytirish va chuqurlashtirish bo‘yicha yaqin hamkorlikdagi ishlarni davom ettirishga o‘zaro tayyorlik tasdiqlandi.