Tashqi ishlar vazirligida Ruminiya Elchisi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

2023-yilning 10-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari G‘ayrat Fozilov Ruminiyaning Favqulodda va Muxtor Elchisi Daniyel Kristian Chobanu bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Suhbat chogʻida O‘zbekiston-Ruminiya munosabatlarining holati va uni yanada rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari muhokama qilindi. Ishbilarmon doiralar vakillari o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni yo‘lga qo‘yishga alohida e’tibor qaratildi.

Ikki tomonlama va koʻp tomonlama shakllarda boʻlajak qoʻshma tadbirlar jadvali va tashkiliy jihatlari, shuningdek, ikki davlatning xalqaro tashkilotlar doirasidagi oʻzaro hamkorligi masalalari koʻrib chiqildi.