O‘zbekiston-Malayziya hamkorligini yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi
2023-yil 5-may kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Bahromjon A’loyev Malayziyaning mamlakatimizdagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Hendi Assanni qabul qildi.
Uchrashuvda ikki tomonlama kun tartibidagi masalalar, siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalarda O‘zbekiston-Malayziya hamkorligini yanada jadallashtirish istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.
Iqtisodiy diplomatiya, ta’lim va turizm sohalarida hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi.