TIVda Belarus Elchisi bilan uchrashuv bo'lib o'tdi
2023-yil 3-may kuni O'zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining o'rinbosari Bobur Usmanov Belarus Respublikasining mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi Leonid Marinichni qabul qildi.
Uchrashuvda ikki tomonlama va xalqaro institutlar doirasidagi O'zbekiston-Belarus siyosiy muloqotining dolzarb jihatlari ko'rib chiqildi.
Savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish, tovar ayirboshlash ko'rsatkichlarini oshirish va sanoatning turli tarmoqlarida qo'shma loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlari to'g'risida fikr almashildi.
Joriy yili o'tkazilishi rejalashtirilgan tadbirlar jadvali hamda O'zbekiston va Belarus o'rtasida diplomatik aloqalar o'rnatilganining 30 yilligini nishonlash yuzasidan kelishib olindi.