Tashqi ishlar vazirligida BAA Elchisi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
2023-yil 23-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Bahromjon A’loyev Birlashgan Arab Amirliklarining mamlakatimizdagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Said al-Qamziy bilan uchrashdi. Suhbat chog‘ida O‘zbekiston-BAA ko‘p qirrali hamkorlikni yanada rivojlantirish va uni yangi amaliy mazmun bilan boyitishning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi. Avval erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish yuzasidan fikr almashildi, ikki tomonlama munosabatlar kun tartibidagi asosiy tadbirlar jadvali kelishib olindi.