Rossiya Prezidentining Maxsus vakili bilan uchrashuv to'g'risida
2023-yil 17-mart kuni O'zbekiston Respublikasi TIV rahbari Baxtiyor Saidov Rossiya Federatsiyasi Prezidentining Xalqaro madaniy hamkorlik bo'yicha maxsus vakili, Mustaqil Davlatlar Hamdo'stligiga a'zo davlatlar Gumanitar hamkorlik bo’yicha davlatlararo jamg'armasi boshqaruvi hamraisi Mixail Shvidkoy bilan uchrashuv o'tkazdi.
Uchrashuv chog’ida O'zbekiston-Rossiya jadal rivojlanayotgan munosabatlarning muhim tarkibiy qismi bo’lgan madaniy-gumanitar hamkorlikning turli jihatlari ko'rib chiqildi.