TIVda MDH Bosh kotibining birinchi o'rinbosari bilan uchrashuv bo'lib o'tdi
2023-yil 15-mart kuni O'zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining o'rinbosari Bahromjon A'loev Mustaqil Davlatlar Hamdo'stligi Bosh kotibining birinchi o'rinbosari Leonid Anfimov boshchiligidagi MDH Ijroiya qo'mitasi delegatsiyasi bilan uchrashuv o'tkazdi.
Muzokaralarda O'zbekistonning ushbu tuzilma bilan hamkorligining dolzarb jihatlari, qo'shma dasturlarni amalga oshirish jarayoni, shuningdek, rejalashtirilgan ko'p tomonlama tadbirlarga tayyorgarlik masalalari ko'rib chiqildi.