O‘zbekiston delegatsiyasi Ostona shahrida bo‘lib o‘tgan “C5+1” shaklidagi yig‘ilishda ishtirok etdi
O‘zbekiston Respublikasi TIV rahbari Baxtiyor Saidov 2023-yil 28-fevral kuni Ostona shahrida bo‘lib o‘tgan Markaziy Osiyo davlatlari va Amerika Qo‘shma Shtatlarining “C5+1” shaklidagi vazirlar uchrashuvida ishtirok etdi. Tadbir davomida O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va AQSh tashqi siyosat idoralari rahbarlari o‘zaro hamkorlikning dolzarb masalalarini muhokama qildilar.