O'zbekiston Tashqi ishlar vazirligi rahbari Ostona shahridagi "C5+1" yig'ilishida ishtirok etadi

O'zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri v.b. Baxtiyor Saidov boshchiligidagi mamlakatimiz delegatsiyasi 2023-yil 28-fevral kuni Ostona shahrida (Qozog'iston Respublikasi) bo'lib o'tadigan "C5+1" shaklidagi Vazirlar yig'ilishida ishtirok etadi. Tadbir davomida O'zbekiston Respublikasi, Qozog'iston Respublikasi, Qirg'iz Respublikasi, Tojikiston Respublikasi, Turkmaniston va Amerika Qo'shma Shtatlari tashqi siyosat idoralari rahbarlari tomonlarni qiziqtirgan sohalarda mazkur mexanizm doirasidagi hamkorlikning dolzarb masalalarini muhokama qiladilar.