TIV rahbari Yevroparlamentning O‘zbekiston bo‘yicha ma’ruzachisini qabul qildi
2023-yilning 22-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri v.b. Baxtiyor Saidov Yevropa Parlamenti deputati va O‘zbekiston bo‘yicha ma’ruzachisi Ilhan Kyuchyuk bilan uchrashdi. Tomonlar parlamentlararo muloqotni faollashtirish istiqbollarini ko‘rib chiqdilar, turli formatdagi bo‘lajak qo‘shma tadbirlar jadvalini muhokama qildilar, shuningdek, qonun ijodkorligi sohasida tajriba almashishdan manfaatdor ekanliklarini bildirdilar.