Tashqi ishlar vazirligida Eron Elchisi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

2023-yilning 16-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Bahromjon A’loyev Eron Islom Respublikasining Favqulodda va Muxtor Elchisi Hamid Nayirobodiy bilan uchrashdi.

O‘zbekiston-Eron hamkorligini o‘zaro manfaat kasb etadigan sohalarda yanada rivojlantirish istiqbollari ko‘rib chiqildi.

Joriy yilda o‘tkaziladigan qo‘shma tadbirlar, jumladan, turli darajalardagi o‘zaro tashriflar jadvali yuzasidan fikr almashildi.

Uchrashuvda umumiy kun tartibidagi dolzarb masalalarni muhokama qilish uchun amaliy aloqalarni davom ettirishdan ikki tomon tayyor ekani bildirildi.