Germaniya TIV Sharqiy Yevropa, Kavkaz va Markaziy Osiyo bo‘yicha vakili bilan uchrashuv to‘g‘risida
2023-yilning 14-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatulla Irgashev Germaniya Federativ Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining Sharqiy Yevropa, Kavkaz va Markaziy Osiyo bo‘yicha vakili Mattias Luttenberg bilan uchrashdi.
Suhbat chog‘ida Afg‘onistondagi vaziyat, shuningdek, ushbu mamlakatdagi vaziyatni tartibga solish bo‘yicha o‘zaro hamkorlikning ayrim masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Diplomat O‘zbekistonning Afg‘onistonda uzoq muddatli tinchlik va barqarorlik o‘rnatish, shuningdek, afg‘on xalqiga insonparvarlik yordami ko‘rsatish borasidagi sa’y-harakatlarini yuqori baholadi.
Germaniya TIV vakili O‘zbekistonning BMT shafeligida Xalqaro muzokaralar guruhini tuzish tashabbusini amalga oshirish bilan bog‘liq jihatlarga alohida e’tibor qaratdi.