Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi Elchisi bilan uchrashuv to‘g‘risida
2023-yilning 14-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha Maxsus vakili Ismatulla Irgashev Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligining O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Timoti Torlot bilan uchrashdi.
Suhbat chog‘ida mintaqaviy xavfsizlik masalalari, jumladan, Afg‘onistondagi joriy vaziyat, shuningdek, ushbu mamlakatdagi holatni tartibga solish bo‘yicha mumkin bo‘lgan birgalikdagi harakatlar muhokama qilindi.
Diplomat O‘zbekistonning Afg‘oniston bo‘yicha yagona mintaqaviy pozitsiya ishlan chiqish, mamlakatda uzoq muddatli tinchlik va barqarorlik o‘rnatish, afg‘on xalqiga gumanitar yordam ko‘rsatish borasidagi sa’y-harakatlarini yuqori baholadi.
Shuningdek, O‘zbekiston rahbariyatining BMT shafeligida xalqaro muzokaralar guruhini tuzish tashabbusini amalga oshirishga alohida e’tibor qaratildi.