Polsha Elchisi bilan uchrashuv
2023-yil 1-fevral kuni O'zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri v.b. Baxtiyor Saidov Polsha Respublikasining mamlakatimizdagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Radoslav Grukni qabul qildi.
Suhbat davomida O'zbekiston-Polsha munosabatlarini yanada mustahkamlash masalalari ko'rib chiqildi. Ilgari erishilgan kelishuvlar ijrosi jarayoni tahlil qilindi. Tomonlarning hamkorlikning barcha yo’nalishlari bo'yicha o'zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirishga tayyorligi tasdiqlandi.
Joriy yilga rejalashtirilgan qo'shma tadbirlar, jumladan, Iqtisodiy hamkorlik bo'yicha O'zbekiston-Polsha hukumatlararo komissiyasining navbatdagi yig'ilishini o'tkazish yuzasidan fikr almashildi.
Tashqi mehnat migratsiyasi sohasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi shartnoma-huquqiy bazani boyitish istiqbollari muhokama qilindi.
Muzokaralar kun tartibidan oliy ta'lim sohasidagi sheriklikni kengaytirish, parlamentlararo aloqalarni chuqurlashtirish, xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar doirasidagi muloqotni jadallashtirish masalalari ham joy oldi.