TIVda BAA Elchisi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

2023-yil 18-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri v.b. Baxtiyor Saidov Birlashgan Arab Amirliklarining mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi Said Matar Al-Qamziy bilan uchrashdi.

Ko‘p qirrali O‘zbekiston-BAA hamkorligini yanada rivojlantirishning dolzarb masalalari, umumiy kun tartibini yangi amaliy mazmun bilan boyitish bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi.

Avval erishilgan kelishuvlar ijrosi yuzasidan fikr almashildi hamda ikki tomonlama tadbirlar jadvali kelishib olindi.

Tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasidagi muloqotni, jumladan, vazirliklararo maslahatlashuvlar orqali muntazam davom ettirish muhimligi ta’kidlandi.

O‘zbekiston va BAA o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmini oshirish va uning tarkibini diversifikatsiya qilishga qaratilgan qo‘shma chora-tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan  kelishuvga erishildi.