Eron Elchisi bilan uchrashuv to‘g‘risida
2023-yil 18-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri v.b. Baxtiyor Saidov Eron Islom Respublikasining mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi Hamid Nayrobodiy bilan muzokaralar o‘tkazdi.
O‘zbekiston-Eron munosabatlari so‘nggi yillarda mutlaqo yangi sur’atlarda rivojlanayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Eron Prezidenti Ibrohim Raisiyning O‘zbekistonga rasmiy tashrifi (2022-yil sentabr) davomida erishilgan kelishuvlarni to‘liq amalga oshirish muhimligi ta’kidlandi.
Ikki tomonlama darajadagi va mintaqaviy tashkilotlar doirasidagi rejalashtirilgan muloqotlar jadvali yuzasidan fikr almashildi.
Afg‘oniston masalasida O‘zbekiston va Eronning pozitsiyalari yaqinligi qayd etildi.
Tomonlarning savdo-iqtisodiy yo‘nalishdagi qo‘shma loyihalarni ilgari surishga tayyorligi tasdiqlandi.
Transport sohasidagi hamkorlikni kengaytirish, jumladan, ikki mamlakat manfaatlarini hisobga olgan holda yangi xalqaro transport yo‘laklarini rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.