USAIDning O'zbekistondagi missiyasi rahbari bilan uchrashuv
2023-yil 5-yanvar kuni O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining birinchi o'rinbosari Furqat Sidikov AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligining (USAID) mamlakatimizdagi missiyasi direktori Mikaela Mereditni qabul qildi.
Uchrashuvda O'zbekiston va USAID o'rtasidagi hamkorlikning bugungi holati va istiqbollari, ustuvor yo'nalishlarda dastur hamda loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
M.Meredit USAIDning 2022-2026-yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekiston taraqqiyot strategiyasida belgilangan vazifalarni amalga oshirishda yordam berishga tayyorligini ma'lum qildi.
Mamlakatimizda davlat boshqaruvi tizimini modernizatsiya qilish, iqtisodiyotni liberallashtirish va boshqa sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlarning ijobiy natijalari qayd etildi.
Rejalashtirilgan tashriflar va qo'shma tadbirlar yuzasidan fikr almashildi.