Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Turkiya Elchisi bilan uchrashdi

2022-yilning 28-dekabr kuni O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Furqat Sidikov Turkiyaning Favqulodda va Muxtor Elchisi Olgan Bekar bilan uchrashdi.

Uchrashuvda O‘zbekiston-Turkiya strategik sherikligining amaliy jihatlari muhokama qilindi. Shuningdek, xalqaro tashkilotlar doirasidagi hamkorlikni yanada chuqurlashtirish masalalari yuzasidan  fikr almashildi.

2023-yilda hamkorlikni kengaytirish va iqtisodiy o‘sishning yangi nuqtalarini topish, o‘zaro tovar ayirboshlash hajmini oshirish, eksport va sarmoyaviy hamkorlikni kengaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Uchrashuv yakunlari bo‘yicha aloqalarni izchildavom ettirish bo‘yicha kelishuvga erishildi, shuningdek, yaqin kelajakda qo‘shma tadbirlarni amalga oshirish rejalari kelishildi.