"Yangi O'zbekiston - o'zgaruvchan va o'zaro bog'liq dunyoda ishonchli hamkor"

O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan mazkur mavzuda davra suhbati tashkil etildi.

Tadbirda Vazirlik rahbariyati, Toshkent shahrida akkreditatsiyadan o'tgan xorijiy davlatlar diplomatik missiyalari va xalqaro tashkilotlar vakolatxonalari rahbarlari, O’zbekistonning xorijiy davlatlardagi elchilari ishtirok etdi.

O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov o'z nutqida Yangi O'zbekiston tashqi siyosatida erishilgan muvaffaqiyatlar yutuqlari haqidagi ma'lumotlarni taqdim etdi.

Davra suhbatida Ozarbayjon, Jazoir, Germaniya, Hindiston, O’mmon, Koreya Respublikasi, Ruminiya, Tojikiston, Yaponiya elchixonalari, shuningdek, BMT va YUNISEFning mamlakatimizdagi vakolatxonalari rahbarlari ma'ruza qildilar.