Vladimir Norov YXHT hamkorlarini Termizdagi Xalqaro transport va logistika markazidan foydalanishga taklif qildi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov YXHT Tashqi ishlar vazirlari kengashi yig‘ilishida so‘zlagan nutqida Markaziy Osiyo mintaqasining barqaror rivojlanishi va xavfsizligi istiqbollari qo‘shni Afg‘onistonda tinchlikni ta’minlash bilan uzviy bog‘liqligini ta’kidladi.

 “Xalqaro hamjamiyatning ustuvor vazifalari Afgʻonistondagi insoniy halokatining oldini olish, mamlakat iqtisodiyotini tiklash va mintaqaviy savdo-iqtisodiy aloqalarga integratsiya qilish, bu mamlakatda muhim infratuzilma va ijtimoiy loyihalarni amalga oshirishdan iborat boʻlishi kerak, – dedi V.Norov.

Oʻzbekiston TIV rahbari yigʻilish ishtirokchilari eʼtiborini Oʻzbekiston tomonidan Afgʻonistonni ijtimoiy-iqtisodiy tiklash va gumanitar yordam koʻrsatish borasida amalga oshirilayotgan saʼy-harakatlarga qaratdi. Strategik muhim loyiha “Termiz – Mozori Sharif – Kobul – Peshovar” temir yo‘l loyihasini amalga oshirilishi Markaziy va Janubiy Osiyo o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni mustahkamlash, Afg‘onistonni iqtisodiy hamkorlikka jalb etish va uni bu ikki mintaqani bog'laydigan ko‘prikka aylantirish uchun katta imkoniyatlar ochadi. 

Taʼkidlanganidek, Oʻzbekiston Prezidentining BMT shafeligida xalqaro muzokaralar guruhini tuzish tashabbusini amalga oshirish Afgʻoniston hukumati tomonidan oʻz majburiyatlarini bosqichma-bosqich bajarish algoritmini ishlab chiqish va kelishish uchun muhim platforma yaratadi. 

Vladimir Norov YXHT hamkorlarini uzoq qiyin vaziyatdagi afg‘on xalqiga gumanitar yordam ko‘rsatish uchun Termiz shahridagi Xalqaro transport va logistika xabidan foydalanishga, shuningdek, Afg‘oniston iqtisodiyoti uchun mutaxassislar tayyorlash uchun Termiz shahrida Ta’lim klasterini tashkil etishni qo‘llab-quvvatlashga taklif qildi.