“Finlyandiya – Markaziy Osiyo” parlamentlararo doʻstlik guruhi raisi bilan uchrashuv toʻgʻrisida
2022-yil 30-noyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Gʻayrat Fozilov mamlakatimizga tashrif bilan kelgan “Finlyandiya – Markaziy Osiyo” parlamentlararo doʻstlik guruhi raisi, Finlyandiya Eduskunti (parlamenti) deputati Kimmo Kilyunen boshchiligidagi delegatsiya bilan muzokaralar oʻtkazdi.
Uchrashuvda ikki tomonlama kun tartibidagi dolzarb masalalar, jumladan, xalqaro tashkilot va tuzilmalar doirasidagi hamkorlik yuzasidan fikr almashildi.
Siyosiy, parlamentlararo hamkorlikni faollashtirish, savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirishga alohida eʼtibor qaratildi.
Taʼlim sohasidagi hamkorlikni Finlandiya tajribasini oʻrganish asosida chuqurlashtirish, xususan, oʻqituvchilarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, Oʻzbekistondagi umumtaʼlim maktablarida fin uslubidagi darsliklar va oʻquv qoʻllanmalarini joriy etish masalalari muhokama qilindi.
Muloqotda tomonlarni qiziqtirgan boshqa masalalar ham koʻrib chiqildi.