Tashqi ishlar vazirligida Gruziya Elchisi bilan muzokaralar bo'lib o'tdi
2022-yil 29-noyabr kuni O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri o'rinbosari Bahrom A'loev Gruziyaning mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi Zurab Abdushelishvilini qabul qildi.
Ilgari erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish jarayoni to'g'risida fikr almashildi.
Ikki mamlakat parlamentlari, hukumatlari, vazirliklari va idoralari yo’nalishidagi muloqotni davom ettirish muhimligi qayd etildi.
Turli darajadagi bo'lajak tadbirlar jadvali, shu jumladan Savdo-iqtisodiy hamkorlik bo'yicha hukumatlararo komissiyaning navbatdagi yig'ilishi bilan bog’liq masalalar ko'rib chiqildi.
2023-yilning birinchi choragida O'zbekiston va Gruziya Tashqi ishlar vazirliklari o'rtasida navbatdagi siyosiy maslahatlashuvlarni o'tkazish to'g'risida kelishuvga erishildi.
Tomonlarning iqtisodiyot, transport, turizm va madaniyat sohalarida hamkorlikni rivojlantirishga tayyorligi tasdiqlandi.