Birlashgan Millatlar Tashkilotining Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari boshqarmasi delegatsiyasi bilan uchrashuv to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari G‘ayrat Fozilov Birlashgan Millatlar Tashkilotining Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari boshqarmasi Yevropa va Markaziy Osiyo bo‘yicha departamenti rahbari Hulan Tsedev bilan uchrashdi.
Suhbat chog‘ida O‘zbekiston Respublikasi hamda Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari boshqarmasi o‘rtasidagi hamkorlikning bugungi holati va uni rivojlantirish istiqbollari ko‘rib chiqildi.
Oliy komissar boshqarmasi vakillariga keyingi yillarda O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, jumladan, jamiyatni demokratlashtirish, insonning huquq va erkinliklari hamda manfaatlarini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berildi.
Tomonlar O‘zbekiston bilan BMT shartnomaviy organlari o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash va maxsus tartib-qoidalar masalalarini muhokama qildilar.
Hulan Tsedev mamlakatimizda, xususan, inson huquqlari sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarni yuqori baholadi.
Oʻzbekiston Respublikasi va Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari boshqarmasi oʻrtasidagi hamkorlikni, xususan, BMT shartnoma organlari tavsiyalarini amalga oshirishda ekspert va maslahat yordami koʻrsatish hamda Umumjahon davriy sharhning to'rtinchi sikli doirasida O‘zbekiston milliy ma'ruzasini tayyorlashda fikr almashildi.