Norvegiya Elchisi bilan uchrashuv toʻgʻrisida
2022-yilning 30-sentabr kuni Tashqi ishlar vazirligida Norvegiyaning Oʻzbekistondagi Elchisi (qarorgohi Oslo shahrida) Jon Kvistad bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Muloqot chogʻida ikki tomonlama hamkorlikning bugungi holati va istiqbollari muhokama qilindi, dolzarb mintaqaviy hamda xalqaro masalalar yuzasidan fikr almashildi.
Joriy yil oktyabr oyida Oʻzbekiston va Norvegiya oʻrtasida readmissiya toʻgʻrisidagi Bitim loyihasi boʻyicha muzokaralarning yakuniy raundini oʻtkazish, shuningdek, ikki davlat oʻrtasida siyosiy maslahatlashuvlarning navbatdagi davrasini Oslo shahrida oʻtkazish masalasini ishlab chiqish maqsadida Oʻzbekiston delegatsiyasining Oslo shahriga tashrifini tashkil etish boʻyicha kelishuvlarga erishildi.
Uchrashuv yakunida ikki tomonlama kun tartibini yangi amaliy mazmun bilan boyitish boʻyicha hamkorlikdagi ishlarni davom ettirish muhimligiga erishildi.