O'zbekiston va Avstriya muzokaralari to'g'risida

2022-yil 20-sentabr kuni BMT Bosh Assambleyasining 77-sessiyasi doirasida O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Vladimir Norovning Avstriya Respublikasi Yevropa va tashqi ishlar vaziri Aleksandr Shallenberg bilan uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Davlatlararo hamkorlikda so'nggi yillarda ijobiy dinamika kuzatilayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Aloqalarni ikki tomonlama asosda hamda "O'zbekiston – Avstriya – Yevropa Ittifoqi" formatida jadallashtirish muhimligi ta’kidlandi. 

Turli darajadagi va shakldagi bo'lajak uchrashuvlarga puxta tayyorgarlik ko'rish yuzasidan kelishib olindi.

O'zbekiston iqtisodiyotining gidroenergetika, yashil texnologiyalar, qishloq xo'jaligi va qurilish sanoati kabi tarmoqlariga to'g'ridan-to'g'ri Avstriya investitsiyalarini jalb qilish imkoniyatlari mavjudligi qayd etildi. 

Ikki mamlakatning xalqaro va mintaqaviy siyosatning dolzarb masalalari bo'yicha pozitsiyalari yaqinligi ta'kidlandi.