Misr Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari bilan uchrashuv to‘g‘risida
2022-yil 14-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Furqat Sidiqov mamlakatimizda tashrif bilan bo‘lib turgan Misr Arab Respublikasi Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Hamdi Sanad Loza bilan uchrashdi.
Suhbat chog’ida O‘zbekiston-Misr aloqalari ijobiy sur’atlarda rivojlanayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Erishilgan kelishuvlar ijrosi va rejalashtirilgan tadbirlar jadvali ko‘rib chiqildi.
O‘zbekiston bilan Misrning BMT, IHT va boshqa xalqaro institutlar doirasidagi hamkorligi yuzasidan fikr almashildi.
X.Loza O‘zbekiston Respublikasining Shanxay hamkorlik tashkilotidagi raisligini yuqori baholadi hamda Misrga ShHTning Muloqot bo‘yicha hamkori maqomini berish masalasini ishlab chiqishda ko‘rsatilgan yordam uchun O‘zbekiston tomoniga minnatdorlik bildirdi.