Xitoy Elchisi bilan uchrashuv to‘g‘risida

2022-yil 20-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri v.b. Vladimir Norov Xitoy Xalq Respublikasining mamlakatimizdagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Szyan Yanni qabul qildi.

Muloqot chog‘ida O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi amaliy hamkorlikning holati hamda istiqbollari muhokama qilinib, oliy va yuqori darajadagi muntazam siyosiy muloqotlarni yanada davom ettirish masalalariga e’tibor qaratildi.

Bo‘lajak qo‘shma tadbirlar, xususan, O‘zbekistonning ShHTga raisligi doirasidagi forumlarga tayyorgarlik ko‘rish bilan bog‘liq masalalarga alohida e’tibor qaratildi.

Uchrashuvda tomonlarni qiziqtirgan boshqa masalalar ham ko‘rib chiqildi.