Falastin Elchisi bilan uchrashuv

2022-yil 2-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Furqat Sidiqov Falastin Davlati Favqulodda va Muxtor Elchisi Javad Muhammad Avadni qabul qildi.

F.Sidiqov Elchini yangi lavozimga tayinlangani bilan tabriklab, mas’uliyatli diplomatik missiyasida muvaffaqiyatlar tiladi.

Suhbat chog‘ida siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalardagi ikki tomonlama munosabatlarning bugungi holati va yanada rivojlantirish istiqbollari, shuningdek, BMT, Islom hamkorlik tashkiloti va boshqa xalqaro tuzilmalar doirasidagi o‘zaro hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Muloqotda tomonlarni qiziqtirgan boshqa masalalar ham ko‘rib chiqildi.