Yevropa tashqi harakatlar xizmati bosh kotibi o‘rinbosari bilan uchrashuv to‘g‘risida

2022-yilning 17-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari G‘ayrat Fozilov Bryussel shahrida Yevropa tashqi harakatlar xizmati Bosh kotibi o‘rinbosari Enrike Mora bilan uchrashdi.

Suhbat chog‘ida O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi tomonlarni qiziqtirgan sohalardagi hamkorlikning bugungi holati va istiqbollari muhokama qilindi.

Ikki tomonlama va mintaqaviy kun tartibidagi bo‘lajak tadbirlar, jumladan, Samarqand shahrida o‘tkaziladigan “Yevropa Ittifoqi – Markaziy Osiyo” o‘zaro bog‘liqlik va barqaror rivojlanish bo‘yicha vazirlar konferensiyasi yuzasidan fikr almashildi.

Natijada doimiy aloqalarni davom ettirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.