Malayziya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosarining O‘zbekistonga bo‘lajak tashrifi to‘g‘risida

2022-yilning 18-22 may kunlari Malayziya Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Kamarudin Jaffar boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekistonga tashrif buyuradi.

Bo‘lajak uchrashuv va muzokaralar chog‘ida siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy hamda madaniy-gumanitar sohalardagi O‘zbekiston-Malayziya munosabatlarining bugungi holati va uni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilinishi rejalashtirilgan.

Shuningdek, mintaqaviy va xalqaro masalalar yuzasidan fikr almashiladi.