Italiya Senatidagi uchrashuv to‘g‘risida

Rim shahrida tashrif bilan bo‘lib turgan O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari G‘ayrat Fozilov Italiya  Senati raisining xalqaro masalalar bo‘yicha maslahatchisi Valentino Valentini bilan uchrashdi.

Muloqot chog‘ida O‘zbekiston va Italiya o‘rtasida parlamentlararo muloqotni rivojlantirish, davlat boshqaruvi va qonun ijodkorligi faoliyatida parlamentarizm tajribasini o‘zaro o‘rganish istiqbollari muhokama qilindi.

O‘zaro aloqalarni faollashtirish, har ikki davlatda o‘tkaziladigan xalqaro anjuman va forumlarda ishtirok etish maqsadida ikki davlat parlamentlaridagi do‘stlik guruhlari o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida Memorandum imzolanishi zarurligiga alohida e’tibor qaratildi.

Madaniyat sohasida hamkorlik kengaytirish, ilmiy va ta’lim muassasalari o‘rtasidagi aloqalarni jadallashtirishni parlament tomonidan qo‘llab-quvvatlashdan har ikki tomon birdek manfaatdorlik ekanligi ma’lum qilindi.