Italiya hukumati Maxsus vakili bilan muzokaralar to‘g‘risida
2022-yilning 10-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha Maxsus vakili Ismatulla Irgashev Rim shahrida Italiya Respublikasi hukumatining Afg‘oniston va Yaman bo‘yicha Maxsus vakili Janfranko Petrutsella bilan muzokaralar o‘tkazdi.
Suhbat chog‘ida O‘zbekiston va Italiyaning afg‘on inqirozini tinch yo‘l bilan hal etish borasidagi sa’y-harakatlari, ushbu mamlakatga insonparvarlik va boshqa yordamlar ko‘rsatish masalalari muhokama qilindi.
J.Petrutsella Oʻzbekistonning Afgʻoniston iqtisodiyotini tiklash va unga insonparvarlik yetkazishdagi sa’y-harakatlarini yuqori baholadi. Afgʻonistonda tinchlik va barqarorlikni oʻrnatishda Italiyaning Oʻzbekiston tomoni bilan bundan keyin ham faol hamkorlik qilishga tayyorligini ma’lum qilindi.
Uchrashuvda Afg‘onistondagi mavjud vaziyat, mamlakatning yangi hukumati va gumanitar inqirozning oldini olishga nisbatan xalqaro hamjamiyatning umumiy pozitsiyasini ishlab chiqish yuzasidan fikr almashildi.
Afg‘oniston masalasi bo‘yicha maslahatlashuvlarni davom ettirishdan O‘zbekiston va Italiyaning o‘zaro manfaatdorligi bildirildi.