Finlyandiya TIV rahbari o‘rinbosari bilan uchrashuv to‘g‘risida
2022-yil 26-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari G‘ayrat Fozilov Finlyandiya Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Davlat kotibi o‘rinbosari Kay Sauer bilan videokonferensaloqa formatida muzokaralar o‘tkazdi.
Siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi ikki tomonlama munosabatlarning bugungi holati va ularni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.
Mutaxassislarning o‘zaro tashriflari, o‘qituvchilar va talabalar almashinuv dasturlarini tashkil etish orqali ta’lim sohasidagi hamkorlikni chuqurlashtirishga alohida e’tibor qaratildi.
Innovatsiyalar, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va farmatsevtika sanoati sohalarida qo‘shma investisiya loyihalarini amalga oshirish yuzasidan fikr almashildi.
Ko‘p tomonlama tuzilmalar doirasidagi hamkorlikni mustahkamlashdan o‘zaro manfaatdorlik bildirildi.