Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar Milliy koordinatorlari kengashining Toshkentdagi yig‘ilishi to‘g‘risida

2022-yilning 25-yanvar kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi raisligida Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar Milliy koordinatorlari kengashining (ShHT MKK) navbatdagi yigʻilishi o‘z ishini boshladi.

Gibrid formatda o‘tayotgan tadbirning ochilishida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari G‘ayrat Fozilov, ShHT Bosh kotibi Chjan Min, ShHT Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi Ijroiya qo‘mitasi direktori Ruslan Mirzayev ishtirok etdi.

Uchrashuvda ShHTga aʼzo davlatlar vakillari Tashkilotning Davlat rahbarlari kengashi va boshqa nizom organlarining boʻlajak majlislariga tayyorgarlik koʻrish masalalari yuzasidan fikr almashdilar, shuningdek, imzolash uchun taklif etiladigan hujjatlar roʻyxati loyihasini muhokama qildilar.

Milliy koordinatorlarni O‘zbekistonning IT sohasidagi yutuqlari va mamlakatning turizm salohiyati bilan yaqindan tanishtirish ham rejalashtirilgan.

ShHT MKK yigʻilishi  2022-yil 28-yanvarga qadar davom etadi.