ShHT MATT Ijroiya qo'mitasi direktori bilan uchrashuv

2022-yil 13-yanvar kuni O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov 1-yanvardan Toshkent shahridagi Shanxay hamkorlik tashkiloti Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi (ShHT MATT) Ijroiya qo'mitasi direktori lavozimiga tayinlangan Ruslan Mirzayevni qabul qildi.

Vazir R.Mirzayevni lavozimga tayinlangani bilan tabriklab, O'zbekiston tomoni ShHTning terrorizm, ekstremizm va separatizmga qarshi kurashda a'zo davlatlar hamkorligini ta'minlash bo'yicha asosiy organi hisoblangan MATT faoliyatiga muhim ahamiyat qaratishini ta'kidladi.

Uchrashuvda ShHT MATT doirasida hamkorlikning dolzarb masalalari, ilgari erishilgan kelishuvlar ijrosi va turli darajalarda bo'lib o'tadigan tadbirlar jadvali muhokama qilindi.