Qirg'iziston Tashqi ishlar vaziri bilan uchrashuv to'g'risida
2021-yil 8-dekabr kuni O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov "Italiya – Markaziy Osiyo" vazirlar uchrashuvida ishtirok etish uchun Toshkent shahriga kelgan Qirg'iz Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Ruslan Kazakbayev bilan uchrashuv o'tkazdi.
Suhbat chog'ida siyosiy-diplomatik, chegaralar, savdo-iqtisodiy, energetika va madaniy-gumanitar sohalardagi O'zbekiston-Qirg’iziston munosabatlarining dolzarb masalalari muhokama qilindi.
Ilgari erishilgan kelishuvlarning amalga oshirilishi va turli darajalardagi kelgusi tadbirlar jadvali ko'rib chiqildi.
Xalqaro va mintaqaviy vaziyat, jumladan, Afg'onistondagi vaziyat yuzasidan fikr almashildi.