Vengriya Tashqi iqtisodiy aloqalar va tashqi ishlar vaziri bilan uchrashuv to‘g‘risida

2021-yil 2-dekabr kuni Stokgolm shahrida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Vengriya Tashqi iqtisodiy aloqalar va tashqi ishlar vaziri Peter Siyyarto bilan uchrashdi.

Muloqot chog‘ida ikki tomonlama munosabatlarning dolzarb masalalari, siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar sohalarda ilgari erishilgan kelishuvlarning amalga oshirilishi, shuningdek, bo‘lajak uchrashuvlar, shu jumladan, “Vyshegrad guruhi – Markaziy Osiyo” formati doirasidagi tadbirlar jadvali ko‘rib chiqildi. 

2022-yili O‘zbekiston bilan Vengriya o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 30-yilligiga bag‘ishlangan qator qo‘shma tadbirlarni o‘tkazish to‘g‘risida kelishuvga erishildi.