Panama bilan diplomatik munosabatlar o'rnatilgani to'g'risida
2021-yil 29-noyabr kuni Nyu-York shahrida O'zbekiston Respublikasi bilan Panama Respublikasi o'rtasida diplomatik munosabatlar o'rnatilishi to'g'risidagi qo'shma kommyunike imzolandi.
O'zbekiston va Panama hukumatlari nomidan hujjatni Birlashgan Millatlar Tashkiloti huzuridagi ikki mamlakatning doimiy vakillari Baxtiyor Ibragimov va Markov Consepsion Jaramillalar imzoladilar.
Tomonlar xalqaro tashkilotlar, jumladan, BMT va uning ixtisoslashgan muassasalari doirasidagi hamkorlikni mustahkamlashdan mamnun ekanligini tasdiqladilar.
O'zaro manfaatli hamkorlik uchun yangi yo'nalishlarini o'rganish bo'yicha ikki tomonlama aloqalarni davom ettirishga kelishib olindi.