Eron Elchisi bilan uchrashuv

2021-yil 4-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatulla Irgashev Eron Islom Respublikasining mamlakatimizdagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Hamid Nayirobodiy bilan uchrashdi.

Muloqotda tomonlar ikki mamlakatning Afg‘oniston yo‘nalishidagi hamkorligini kengaytirishga qaratilgan sa’y-harakatlar, shuningdek, Afg‘onistondagi vaziyatni muhokama qildi.

Eron Elchisi O‘zbekistonning Afg‘onistonda uzoq muddatli va barqaror tinchlikni o‘rnatishda faol ishtirokini alohida ta’kidladi.

Shuningdek, tomonlar afg‘on xalqiga insonparvarlik yordam ko‘rsatish va Afg‘onistonga iqtisodiy ko‘mak berish masalalari yuzasidan fikr almashdi.