Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili bilan uchrashuv

2021-yil 3-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatulla Irgashev Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili Tera Hakala bilan uchrashdi.

Uchrashuvda O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi Afg‘oniston yo‘nalishidagi munosabatlarning hozirgi holati va istiqbollarini muhokama qilishdi.

YI vakili O‘zbekistonning Afg‘onistonda uzoq muddatli va barqaror tinchlikni o‘rnatishdagi muhim rolini ta’kidladi.

Shuningdek, Yevropa tomoniga O‘zbekistonning afg‘on xalqiga insonparvarlik yordami ko‘rsatishga va Afg‘onistonga iqtisodiy ko‘mak berish borasidagi sa’y-harakatlari to‘g‘risida ma’lumot berildi.