BAA Davlat vaziri bilan telefon muloqoti to‘g‘risida

2021-yil 30-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Birlashgan Arab Amirliklari Davlat vaziri Ahmad Ali al-Sayeg bilan telefon orqali muloqot qildi.

Suhbat chog‘ida ko‘p qirrali O‘zbekiston-Birlashgan Arab Amirliklari munosabatlarining dolzarb masalalari, shuningdek, Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Islom hamkorlik tashkiloti va boshqa tuzilmalar doirasidagi o‘zaro hamkorlik muhokama qilindi.

Ikki tomonlama va ko‘p tomonlama shakldagi hamkorlikning barcha yo‘nalishlari bo‘yicha konstruktiv muloqotni davom ettirishga kelishib olindi.