Tashqi ishlar vazirligida MDH Kuzatuvchilari missiyasi bilan uchrashuv bo'lib o'tdi

2021-yil 29-sentabr kuni O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining birinchi o'rinbosari Farhod Arziyev joriy yil 24-oktabr kuni bo'lib o'tadigan O'zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini kuzatish bo'yicha MDH uzoq muddatli kuzatuvchilar missiyasi ilg'or guruhi a'zolari bilan uchrashuv o'tkazdi.

Uchrashuvda joriy yilning 29-sentabr kunidan MDH kuzatuvchilari missiyasi shtabi o'z ishini boshlagani ma'lum qilindi. Missiya o'ziga yuklangan barcha vazifalarni to'liq bajarishiga ishonch bildirdi.

MDH delegatsiyasiga mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar jarayoni, shuningdek, xorijdagi O'zbekiston fuqarolarining ovoz berishda ishtirok etish uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar haqida atroflicha ma'lumot berdi.