MDH Ijroiya qo‘mitasi raisi − Ijrochi kotibi bilan uchrashuv

2021-yil 29-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Ijroiya qo‘mitasi raisi – Ijrochi kotibi Sergey Lebedev bilan uchrashuv o‘tkazdi.

S.Lebedev 2021-yil 29-30-sentabr kunlari Toshkent shahrida o‘tkazilayotgan “O‘zbekiston: Iqtisodiy islohotlar sarhisobi va istiqboli” xalqaro anjumanida ishtirok etish uchun mamlakatimizga kelgan.

Uchrashuvda tomonlar MDH doirasidagi hamkorlik hamda xalqaro kun tartibining dolzarb masalalarini, shuningdek, bo‘lajak ko‘p tomonlama tadbirlar jadvalini ko‘rib chiqdilar.

Shuningdek, MDH davlat rahbarlari Kengashining bo'lajak yig'ilishiga tayyorgarlik jarayoni yuzasidan fikr almashildi.