Hindiston Davlat tashqi ishlar vaziri, Davlat madaniyat vaziri bilan uchrashuv

2021-yil 24-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Hindiston Davlat tashqi ishlar vaziri, Davlat madaniyat vaziri Minakashi Lekxi bilan uchrashdi.

Tomonlar siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda O‘zbekiston-Hindiston hamkorligining dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashdilar.

O‘zbekiston va Hindiston rahbarlarining faol ishonchli muloqoti natijasida ikki tomonlama munosabatlardagi yangi sur’at mamnuniyat bilan qayd etildi.

Uchrashuvda madaniyat va san’at sohalarida qo‘shma tadbirlar o‘tkazish xalqlar o‘rtasida o‘zaro munosabatlarni mustahkamlashga xizmat qilishi ta’kidlandi.