Turkiya elchisi bilan uchrashuv
2021-yilning 30-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatulla Irgashev Turkiyaning Favqulodda va Muxtor Elchisi Olgan Bekar bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Muloqotda tomonlar Afg‘oniston yo‘nalishidagi ikki mamlakat hamkorligini kengaytirishga qaratilgan sa’y-harakatlarni, xususan, Afg‘onistonda uzoq muddatli va barqaror tinchlikni o‘rnatishdagi o‘zaro sa’y-harakatlarni muhokama qildi.
Shuningdek, Afg‘onistondagi vaziyat va bu mamlakatda siyosiy tinchlik jarayonini ilgari surish borasida atroflicha fikr almashildi.