Qirg'iziston Elchixonasiga tashrif
2021-yilning 3-may kuni O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Qirg'iz Respublikasining Toshkent shahridagi Elchixonasiga tashrif buyurdi.
Vazir Qirg'iziston-Tojikiston davlat chegarasida yuz bergan fojiali voqealar yuzasidan chuqur hamdardlik bildirdi va Ta’ziya kitobiga tegishli qaydni kiritdi.