Polsha Tashqi ishlar vaziri bilan uchrashuv

2021-yilning 16-mart kuni Varshava shahrida O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Sherzod Asadov Polsha Tashqi ishlar vaziri Zbignev Rau bilan uchrashdi.

Uchrashuvda O‘zbekiston-Polsha munosabatlarining siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi dolzarb masalalari muhokama qilindi.

Tomonlar ikki mamlakat tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasidagi siyosiy maslahatlashuvlarning 8-raundining samarali yakunlanganini mamnuniyat bilan qayd etdilar va ushbu tadbirni o‘tkazish amaliyotini davom ettirish zarurligini ta’kidladilar.

Turli daraja va shakllarda bo‘lib o‘tadigan qo‘shma tadbirlar jadvali bo‘yicha fikr almashildi.

Xalqaro va mintaqaviy tuzilmalar doirasidagi o‘zaro aloqalarni chuqurlashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Muzokaralar chog‘ida tomonlarni qiziqtirgan boshqa masalalar ham ko‘rib chiqildi.