Ozarbayjon Elchisi bilan uchrashuv

2021-yil 15-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Ozarbayjon Respublikasi Favqulodda va Muxtor Elchisi Guseyn Guliyevni qabul qildi.

Bo‘lib o‘tgan suhbat chog‘ida O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasidagi ko‘p qirrali munosabatlarning bugungi holati va rivojlanish istiqbollari muhokama qilindi. Bo‘lib o‘tajak tadbirlar jadvali va ularning tashkiliy jihatlari ko‘rib chiqildi.