Toshkentda ShHTga a’zo davlatlar Milliy koordinatorlari kengashining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

2021-yil 10-13-mart kunlari Toshkent shahrida ShHTga a’zo davlatlar Milliy koordinatorlari kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Delegatsiyalar ShHTga Tojikiston Respublikasi raisligi doirasidagi asosiy tadbirlarga tayyorgarlik ko‘rish masalalarini muhokama qildilar.

ShHTning 2021-yilga mo‘ljallangan asosiy tadbirlari rejasi ma’qullandi. Hujjat 150 dan ortiq bandni o‘z ichiga oladi va Tashkilot doirasidagi ko‘p tarmoqli o‘zaro aloqalarning barcha sohalarini qamrab oladi.

Shuningdek, 2021-yil sentabr oyida Dushanbe shahrida bo‘lib o‘tadigan ShHT Sammitida tasdiqlash uchun taqdim etiladigan hujjatlar loyihalari bo‘yicha fikr almashildi.